STADA Health
Reports Eurasia

CARING FOR PEOPLE'S HEALTH

STADA Sog‘liqni saqlash hisoboti haqida

STADA Sog‘liqni saqlash
hisoboti qay tarzda rivojlandi?

2014

Loyihaning Germaniyada boshlanishi

Tadqiqot sog‘liqni saqlash masalalariga bo‘lgan munosabatni o‘rganishga qaratilgan mahalliy tashabbus sifatida o’z ishini boshlagan.

2023

O’zbekistonning tadqiqotga kiritilishi

Tadqiqot geografiyasi kengayishda davom etadi.

2018

Loyiha xalqaro darajaga ko’tarilishi

Tadqiqot mavzulari tobora kengayib, tibbiyotning raqamlashtirilishi va global tendensiyalar diqqat markazidagi masalalarga aylanadi.

2024

Dunyoning 23 davlatidan ishtirokchilar 

STADA Sog‘liqni saqlash hisoboti tibbiyot va sog‘liqni qanday talqin qilinishini aniqlash bo‘yicha eng yirik tadqiqotlardan biriga aylanadi.

2022

Qozog’istonning tarkibga qo’shilishi 

Tadqiqotga ilk marotaba Qozog‘istonlik respondentlarning ma’lumotlari ham kiritiladi.

STADA kompaniyasi haqida 

STADA – bu xalqaro farmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, 130 yildan ortiq vaqt davomida o‘zining asosiy missiyasi: “Hamkorlar va iste’molchilar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatgan holda insonlar salomatligi haqida qayg‘urish”ga amal qilib kelmoqda. STADA’ning asosiy yo‘nalishlari — bu Iste’molchilar salomatligi ya’ni Consumer Healthcare (CHC) segmentidagi mahsulotlar, generik dori vositalari va maxsus preparatlar (shu jumladan, biosimilyarlar) hisoblanadi. Bugungi kunda STADA mahsulotlari dunyoning 120 ta davlatida mavjud.

2022-yilda MDH davlatlari mintaqasi alohida biznes bo‘linmasiga ajratildi va STADA Yevrosiyo nomi ostida faoliyat yurita boshladi. Ushbu bo‘linma to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniyadagi bosh qarorgohga bo‘ysunadi. Mintaqada 11 ta davlat qamrab olingan: Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Armaniston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va Turkmaniston.

STADA Yevrosiyo bosh ofisi Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan. Shuningdek, kompaniya mintaqadagi aksariyat davlatlarda STADA Arzneimittel AG nomi bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2023-yil 1-apreldan boshlab STADA Yevrosiyo mintaqasida Sanofi kompaniyasining retseptsiz beriladigan dori vositalari portfelini ham taqdim etmoqda.

STADA Sog‘liqni saqlash hisobotlari

Qozog’iston

2025

2024

2023

2022

O’zbekiston

2025

2024

2023

OAV biz haqimizda